Ilm-fan kelajagi yoshlar qo’lida


Joriy yil 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Madaniy va ilmiy muassasalarning integratsiyasi” va “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlash masalalari” mavzularida yosh olimlar ilmiy-amaliy seminari tashkil etildi. Unda O‘zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari yosh olimlari, mustaqil izlanuvchilar va doktarantlar ishtirok etdi. Seminar so‘nggida yosh olimlar o‘zaro fikr almashdi.

 

 

Ushbu yosh olimlar ilmiy-amaliy seminari “Moddiy-ma’naviy meros va umumbashariy qadriyatlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga ulanib ketdi. Anjumanda nomoddiy madaniy meros bo‘lgan og‘zaki an’analar va ifoda shakllari, til, ijro san’ati, urf-odatlar, marosimlar haqida fikrlar aytildi. Bayramlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini yoritish, yoshlarni muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan madaniy boyliklarni asrash, tiklash va targ‘ib etish, ilmiy muomalaga kiritishda faol ishtirok etishga jalb qilish kabi muammolarni muhokama qilindi. Madaniy-ma’naviy merosni saqlash, tadqiq etish va ro‘yxatga kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.